Luis de la Fuente: "Jahon chempionati - Yamal uchun imkoniyat"
26.05.2026 21:56 Ўқилди: 264
"Barselona"ning 16 yoshli vingeri JCH-2026 uchun terma jamoaning yakuniy tarkibiga kiritildi.
"U nihoyatda hayajonda. U juda sabrsiz. U yosh, ammo ancha etuk. Va bu o'zining imkoniyati ekanini biladi.
Hayotda o'z imkoniyatlaringdan foydalanib qolishing kerak. Keyingi jahon chempionatigacha qanday holatda bo'lishingni hech qachon bilmaysan. Bu esa Lamin Yamal uchun ayni imkoniyat. U juda yaxshi va jamoadoshlari unga o'zining eng yaxshi qirralarini namoyon etishga yordam berganida, u yanada kuchayadi.
Nazarimda, bizda ko'plab poziciyalarda dunyoning eng yaxshi o'yinchilari to'p suradi va bu uning yanada yaxshiroq o'ynashiga yordam beradi", - dedi de la Fuente RTVE telekanali dasturida.