"Havokand" bosh murabbiyi Samandar Meliboev: "Oxirgi o'n kun katta futbol ichida yashadik. "Andijon" va "Nasaf"ni tabriklaymiz"
26.05.2026 21:24 Ўқилди: 925
– O'yin haqida
– Xalqimizni Qurbon hayiti bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, baribir klass o'z so'zini aytyapti. Yigitlarimizga professionallik yetishmayapti. Mayda narsalarga e'tibor berib, futbolni unutib qo'yishyapti. "Andijon" va "Nasaf"ni tabriklaymiz. Kuchimiz yetmadi. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga, tashkilotchilarga, stadion rahbariyatiga rahmat aytaman.
– Kubok uchrashuvlarida nimalar o'rgandinglar?
– Biz mana shu uchta o'yinda, 10 kun davomida katta futbolda yashadik. Birinchi ligaga moslashmay turib, Superliga jamoalarga qarshi o'ynadik. "Andijon" o'zining eng yuqori darajasida. Daraja bilindi. Futbolga yondashuv professional. Biz ko'p narsa oldik. Nafaqat futbolchilar, biz murabbiylar ham.
– O'yin oldidan yirik hisob bo'ladi degan xavotir bormidi?
– Bu narsa bo'ldi. Doim yirik hisobda yutqazish ham hammaga maqul kelmaydi. "Andijon" ham birinchi o'rin uchun bor kuchini ishga soldi. Shu taqlid tajriba orttiramiz. Birinchi ligada bu tajriba ish beradi.