
Bunda "Neftchi" bosh murabbiyi Islom Ismoilov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Birinchi navbatda uzoq yo'l bosib, bizni qo'llab-quvvatlash uchun shu erga kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Endi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, og'ir o'tishi ma'lum edi. Chunki "Buxoro" kuchga tayangan futbol hamda agressiv o'yin namoyish etishini bilardik. Biz bu uchrashuvga etarli darajada hozirlik ko'rdik. Afsuski, bir qator vaziyatlardan to'p kirita olmadik. Umuman olganda yomon harakat qilmadik va bundan-da yaxshi o'yin ko'rsata olamiz. Sifatli futbol uchun maydon talabi ham javob berishi kerak. Tezkor o'yin namoyish eta olmaganimiz sababi maydon holati bilan bog'liq. Oxirigacha kurashdik va raqibga yutqazmadik.
- "Neftchi" bir qator jamoalar bilan o'ynab ko'rdi. Boshqalar bilan taqqoslaganda "Buxoro" qaysi jihatlari bilan sizga qiyinchilik tug'dirdi?
- Safarda to'p tepganimiz bois uzun paslar orqali o'ynadik. Bu jabhada "Buxoro" ustunroq deb o'ylayman, sababi jamoa o'yin uslubi ko'proq kurashlarga qurilgan. Bugun yakkakurashlar ko'p bo'ldi va shu yo'l bilan "Buxoro" boshqalarga qaraganda ajralib turdi deya olaman.
- Aytishlaricha, bizning Superligada intensivlik yo'q ekan. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Intensivlik bu - tez futbol va doimiy ravishda tezkor hujumlar. Bu narsalar bo'lishi uchun bir qator omillarni sanab o'tish kerak bo'ladi. Faqat xohish yoki gapirishning o'zi kamlik qiladi. Masalan, mashinangiz tez yurishi uchun sifatli benzin quyish, sifatli shina taqish, sifatli motor bo'lishi va hokazolar talab etiladi. Futbolda ham shunday, hamma narsa sifatli bo'lishi kerak. Bizning futbolda intensivlik bor, balki yuqori emasdir, lekin bor. Legionerlarning birdaniga o'ynab keta olmayotgani ham intensivlik tufayli. Ko'pchilik bizga past nazar bilan qaraydi, ammo maydonga tushganda o'ynash qiyinligini tushunib etadi.
- Jamoangizning yetakchi futbolchilari yo'qligi o'yinga ta’sir qildimi?
- Har bir futbolchining o'z o'rni bor va har bir futbolchi biz uchun qadrli. Bugungi kunda besh nafar futbolchimiz terma jamoada, qo'shimchasiga Abror Ismoilov jarohat sabab o'ynay olmadi. Bu degani 6 nafar asosiy o'yinchimizsiz bahsni o'tkazdik. Lekin bizda bu asosiy, bu zaxira degan tushuncha yo'q. Jamoada sog'lom raqobat bor. Bugun maydonga tushganlar yo'qlarning o'rnini bildirmadi.
- "Neftchi" uchta frontda jang olib borishga qanchalik tayyor?
- Biz navbati bilan bo'lajak uchrashuvga hozirlik ko'ramiz. Hozirdan men jamoamiz Elit OCHLga tayyor deb ayta olmayman, chunki bunga hali vaqt bor. Har bir o'yinga bosqichma-bosqich hozirlik ko'ryapmiz.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5232 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4863 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4085 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3175 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3051 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2922 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2921 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 16.05.2026 19:08 Ўқилди 2571 Angliya Kubogi finali. "Chelsi" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 13.05.2026 23:56 Ўқилди 2490 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 19:48 Ўқилди 2449 Sunatulla Abdullajonov: "Xohish, mehnat va ishonch bo'lsa, istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynab, g'alaba qozonish mumkin" |
Реклама
Сайт хақида