
Unda termizliklar Kamoliddin Tojiev shogirdlarini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Gollardan biriga "Surxon" yarim himoyachisi Sunatulla Abdullajonov mualliflik qildi va o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "Surxon" bu yil ketma-ket ikkinchi marotaba "Paxtakor"dan ochko oldi. "Paxtakor" "Surxon" uchun qulay raqibga aylanib qoldimi?
- "Surxon" klubi so'nggi yillarda "Paxtakor"ga qarshi yaxshi natijalar qayd etayotgani ko'pchilikning e'tiborini tortmoqda. "Paxtakor"ni mutlaqo qulay raqib deb bo'lmaydi. Balki grand jamoaga qarshi futbolchilarda ishtiyoq va motivaciyaning kuchli bo'lishi ijobiy ta’sir qilayotgandir.
- O'zbekiston Kubogi va Superligada baribir jamoalarda ikki xil motivaciya bo'ladi, o'yinga turlicha yondashishadi. "Surxon"da bu borada vaziyat qanday?
- To'g'ri, ko'p jamoalarning kubok bahslarida aynan ruhiy tomondan o'zlarini o'yinga tayyorlashlari biroz qiyin kechishi mumkin. Lekin maydonga hamma jamoa g'alaba uchun chiqishi aniq. "Surxon" tarkibida asosan yosh futbolchilar harakat qilgani bois, ular har bir o'yinda o'zlarini ko'rsatishga va maksimal darajada intilishga harakat qilishadi.
- Kechagi o'yin qanday xulosalar berdi?
- Kechagi o'yin guruhdan chiqishimiz uchun imkoniyatni saqlab qoladigan muhim bahs edi, shu sababli unga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'yindan chiqargan xulosamiz shu bo'ldiki - xohish, mehnat va ishonch bo'lsa, istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynab, g'alabaga erishish mumkin.
- "Surxon" G'ofurov qo'l ostida o'sishga erishdimi? Natijalar o'z-o'zidan kelmasa kerak?
- Anvar G'ofurov futbolda o'z qarashlari va falsafasiga ega bo'lgan murabbiy. U jamoaga kelganidan keyin o'z uslubini tushuntirmoqda, futbolchilar ham buni anglab yetishga harakat qilishyapti. Tabiiyki, buning uchun biroz vaqt talab etiladi. Taktikaga qanchalik tez moslashsak, natijalarimiz ham shunchalik tez barqarorlashadi, deb o'ylayman.
![]() | 08.06.2026 23:44 Ўқилди 24922 Eron terma jamoasi JCH–2026ga qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan yetib keldi |
![]() | 09.06.2026 00:24 Ўқилди 13131 Tijani Reynders: "O'zbekistonga qarshi o'yin muhim ahamiyat kasb etadi" |
![]() | 03.06.2026 00:48 Ўқилди 8413 Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi |
![]() | 10.06.2026 00:11 Ўқилди 5764 O‘zbekiston milliy jamoasi Atlantadagi JCH bazasiga yo‘l oldi |
![]() | 02.06.2026 06:33 Ўқилди 5153 Anchelotti: «Bizda Pele yo‘q» |
![]() | 02.06.2026 07:22 Ўқилди 4717 O‘rtoqlik uchrashuvi. Guruhdoshimiz Kolumbiya Kosta-Rikani mag‘lub etdi |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4565 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 02.06.2026 05:16 Ўқилди 4198 O'rtoqlik uchrashuvi. Kanada - O'zbekiston. Asosiy tarkibimiz ma'lum |
![]() | 04.06.2026 01:55 Ўқилди 3825 JCHdagi guruhdoshimiz Daniya bilan sinov o‘yinini o‘tkazdi |
![]() | 07.06.2026 01:40 Ўқилди 3578 Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида