"Manchester Siti" stadionidagi tribunaga Gvardiola nomi beriladi
22.05.2026 20:32 Ўқилди: 942
Juma kuni 55 yoshli Gvardiola mavsum oxirida bosh murabbiylik lavozimidan ketishi e'lon qilindi.
"Manchester Siti" yaqinda ta'mirlangan va kengaytirilgan "Etixad" stadionidagi Shimoliy tribunaga Pep Gvardiola nomi berilishini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi", – deyiladi bayonotda.
Tribunaning ochilish marosimi Gvardiolaning bosh murabbiy sifatidagi so'nggi o'yini, yakshanba kuni "Aston Villa"ga qarshi bahs paytida bo'lib o'tadi. Shuningdek, tribuna yaqinida murabbiyning haykali ham o'rnatiladi.