
Bunda "Havoqand" bosh murabbiyi Samandar Meliboev ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor O'zbekiston tumanida joylashgan ushbu stadionda o'yin olib borishimizga yordam berib kelayotgan mutasaddilarga katta rahmat aytmoqchiman. Bugungi o'yinga alohida hozirlik ko'rdik. Birinchi turdagi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarishga harakat qildik. O'tgan uchrashuvga nisbatan ancha yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman. Yigitlar vaziyatni qo'lga olishga harakat qilishdi. Baribir "Sho'rtan" bilan oramizdagi farq sezildi. Ayniqsa jismoniy tarafdan kuchsiz ekanimiz ko'rinib qoldi. "Sho'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
- O'tgan tur Superliga, bu tur Proliga jamoasi bilan o'ynadingiz? Oradagi farq sezildimi?
- Futbolchilar o'rtasida tenglashish bor. Lekin jamoa sifatida oladigan bo'lsak, futbolga yondashuv bo'yicha farq ko'rinadi. Superligada boshqacha, Proligada boshqacha yondashiladi. Birinchi liga jamoalari Proliga jamoalari bilan raqobatlasha oladi. Faqat bu o'rinda futbolchilarning o'z ustilarida yanada ko'proq ishlashiga to'g'ri keladi. Angliyada Ligalar o'rtasida farq bo'lgani bilan Kubok bahslarida hamma tengma-teng o'ynashga harakat qiladi. O'zbekiston Kubogida Birinchi ligadan uchta jamoa qatnashyapti, buni ham katta natija desa bo'ladi. Kubok o'yinlari orqali tajriba to'playapmiz va bu kelajakda asqotadi.
- "Havoqand" jamoasi haqida to'xtalib o'tsangiz. Havaskor jamoadan mana sekinlik bilan professional klubga aylanyapti.
- Jamoamiz tashkil etilganiga to'rtinchi yil ketyapti. Tarkibimizda asosan mahalliy yoshlar va havaskor futbolchilar o'ynayapti. Asosiy e'tiborni yoshlar tarbiyasiga qaratganmiz. Biz avvalo o'z tizimimizni yo'lga qo'yib olishimiz lozim. Sharoitni ham yaxshilab borishga harakat qilyapmiz. Kelajakda yaxshi futbolchilarni chiqarsak bundan juda xursand bo'lamiz.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5217 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4836 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4073 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3154 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3042 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2912 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2904 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 16.05.2026 19:08 Ўқилди 2565 Angliya Kubogi finali. "Chelsi" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 13.05.2026 23:56 Ўқилди 2484 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 19:48 Ўқилди 2434 Sunatulla Abdullajonov: "Xohish, mehnat va ishonch bo'lsa, istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynab, g'alaba qozonish mumkin" |
Реклама
Сайт хақида