Xayrullo Karimov: "Kubok bahslari barcha Superliga jamoalari uchun qiyin kechmoqda"
21.05.2026 00:48 Ўқилди: 647
"O'yin og'ir bo'ldi. Kubok bahslari barcha Superliga jamoalari uchun qiyin kechmoqda. Bugun bosh murabbiyimiz Mirjalol Qosimovning yo'qligi bizga qo'shimcha mas'uliyat yukladi. Umuman olganda, yaxshi o'yin bo'ldi. Xatolar ustida ishlaymiz. Asosiysi keyingi bosqichga chiqish vazifasini uddaladik. Yigitlarga rahmat aytaman", - deya gap boshladi Xayrullo Karimov.
- "Aral" jamoasining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari yo'q edi. Shuning uchun OKMKda mensimaslik kayfiyati bo'lmadimi?
- Yo'q. "Aral" jamoasi qanday ekanligini bilardik. Ular yaxshi yuguradigan jamoa. Bosh murabbiymiz ham bu haqda aytgandi. Lekin har doim xotirjamlik bo'ladi. Yigitlar ortiqcha xotirjamlikka berilib yuborishadi. Shuning uchun ham "Metallur"ga qarshi o'yinda g'alabani saqlab qola olmadik. Ko'p gol o'tkazib yuborayotganimiz ko'ngilni xira qilmoqda.
- Keyingi uchrashuvlarda yangi futbolchilarni maydonga ko'rishimiz mumkinmi?
- Biz hech kimni ajratmaymiz. Tarkibimizda bekorga 21ta futbolchi bor emas. O'yin kuni qaysi futbolchining holati yaxshiroq bo'lsa, shundan kelib chiqib qaror qabul qilamiz. Futbolchi mashg'ulotda o'zini ko'rsatishi kerak. Mirjalol akaning talablarini bilasizlar.