
- Jamoamiz juda yosh. Superliganing har bir jamoasiga qarshi o'ynash ularga juda katta tajriba beradi. Bugungi o'yinga to'rtta rotaciya qilgandik, sal-pal uslubni ham o'zgartirib ko'rdik. Yigitlar bir-birini tushuna olmadi, ikkita golni tezda o'tkazib yubordik. Shuni hisobiga 40-daqiqada to'rtta o'zgartirish kiritdik. O'zi birinchi bo'limdan keyin rejalarga o'zgartirishlar kiritmoqchi edik. Vaziyatdan kelib chiqib, bularni birinchi bo'limning o'zidayoq amalga oshirdik va o'yinni biroz bo'lsa-da, o'zgartirdik. "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, biz o'yinni taxlil qilib chiqamiz. Xatolarni o'rganib, ularni bartaraf qilishga harakat qilamiz. Yana bir bor aytaman, bizning vazifamiz - yigitlarni tarbiyalab, Superliga jamoalariga etkazib berish. Bunday o'yinlar yigitlarim uchun faqatgina plyus tomonga ishlaydi.
- Kubok musobaqasi Superliganing ikki jamoasi - "Lokomotiv" hamda "Dinamo"ga qarshi o'ynash imkoniyatini berdi. Ushbu jamoalar fonida Sizning jamoangiz qanday ko'rindi? Umumiy taassurotlar qanday?
- "Dinamo" bilan yigitlar yomg'irli havo sababli kamroq harakat qilishdi, o'yin kurashlarga boy bo'ldi. Shunda ham jamoam umuman bo'sh kelmadi. Kubokda rotaciya qilib, boshqa yigitlarga ham imkoniyat berish kerak. Guruhdan chiqish vazifasi bajarib bo'linganidan keyin boshqalarga bugun bo'lmasa, qachon imkoniyat beramiz, degan savol kelib chiqardi. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchilarim tushkunlikka tushib qolishmaydi, chunki barchasi reja asosida kechmoqda. Bu borada umuman havotir yo'q. Buni o'yindan oldin shogirdlarimga bizda bosim yo'qligini, bemalol o'zlaringiz istagan o'yinni ko'rsataverishlarini aytgandim.
- "G'azalkent" jamoasi 2-turdayoq peshqadam sifatida pley-offga chiqdi va shu sababli 3-turni shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkazdi. Bunday holatda istalgancha reja qilish mumkin. Bu holat jamoaga yoqimli bo'lsa kerak.
- Albatta, yoqimli. Rahbariyat bizda jamoani kubokda guruhdan chiqish vazifasini qo'ygandi. Buning ikkinchi turdayoq hal bo'lgani - faqatgina yigitlarning mehnati. "Lochin" bilan ham juda qiyin o'yin bo'ldi. Tarkib yoshligi sababli har 3-4 kunda o'yin o'tkazish oson emas, ular tez charchab qolishadi. Shu bois futbolchilarni tezroq tiklash, ularga ham yaxshi ovqatlar, vitaminlar berish kerak. Bizda bu a'lo darajada. Barcha jamoalar qisqa muddatda 7-8ta o'yin o'tkazishdi. Bugun esa charchoq alomatlari sezildi, ayrim futbolchilarning tomirlari tortishib qoldi. Bularning barchasi charchoqdan kelib chiqadi.
- Jamoaning tez charchab qolayotgani ko'rinib turibdi. Bu borada murabbiylar shtabi ishlar olib boryaptimi?
- Bizda doimo ikki mahallik mashg'ulotlar bor. O'yinga 72 soat qolsa, bir mahallik mashg'ulot rejimiga o'tamiz. Bularning barchasi reja bo'yicha bo'lmoqda. O'rtada 5-6 kunlik dam bo'lsa-da, biz 1-2 kun dam berib, keyin futbolchilarni reja asosida tayyorlaymiz. Bu yil boshida tuzilgan reja va yil davomida bunga amal qilamiz.
- 40 kun ichida jamoalar 9-10tadan o'yin o'tkazishdi. O'zbek jamoalari bunday zich taqvimga qanchalik tayyor ekan?
- Proligaga e'tibor bering, o'tgan yilgi liga bilan bu yilgisining er bilan osmonchalik farqi bor. 1-o'rindagi jamoa so'nggi pog'onadagi jamoaga yutqazib qo'yishi ham mumkin. Bu raqobat kuchayganidan dalolat. Qolgan jamoalar yil boshida tuzgan rejasiga ko'ra barchasi yaxshi bo'ldimi, yo'qmi, buni bilmayman. Lekin o'zimizning jamoaga keladigan bo'lsak, barchasi biz o'ylagandek bo'ldi.
- Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan o'ynashni istaysiz? Proliga yoki Superliga jamoasi?
- Endi bu qur'a. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, o'yinga jiddiy tayyorlanib, o'zimizning kuchli tomonlarimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5184 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4812 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4031 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3115 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3027 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2900 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2886 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 16.05.2026 19:08 Ўқилди 2553 Angliya Kubogi finali. "Chelsi" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 13.05.2026 23:56 Ўқилди 2472 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 19:48 Ўқилди 2416 Sunatulla Abdullajonov: "Xohish, mehnat va ishonch bo'lsa, istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynab, g'alaba qozonish mumkin" |
Реклама
Сайт хақида