
O'yin haqida...
Vazifani bajardik, keldik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Boshqa nimadir deb aytishim ortiqcha. Bugungi o'yindan qoniqdim. Bugun ikkita gol urdik va o'z darvozamizdan gol o'tkazmadik. Bu butun jamoani g'alabasi. Bugun oson o'yin bo'lmadi. Raqibda ham kuchli va mahoratli futbolchilar jamlangan. Ayni vaqtda "Metallurg" Proligada o'ynayotgan bo'lishiga qaramasdan ancha yaxshi shaklangan jamoa. Jamoani ancha tarjibali murabbiy boshqarayotganini ham ta'kidlab o'tish lozim. Bu jamoa Superliga darajasida deb bemalol ayta olaman.
Umuman olganda bugun uch ochkoni qo'lga kiritdik va guruhda ikkinchi bo'lib, keyingi bosqichga yo'l oldik. Biz endi tanaffusga chiqamiz, yozgi transfer vaqtida bir qator chiziqlar ustida ishlashimiz kerak. Bugun ajoyib o'yin ko'rsatdik va damga yaxshi kayfiyatda chiqib ketdik.
Shu fursatdan foydalanib, jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Farg'ona viloyati hokimiga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.
Bugungi g'alaba juda kerak edi va biz o'z maqsadimizga erisha oldik. Ayniqsa, bunday raqiblarni mag'lub etish doim yoqimli. Ular OKMK bilan durang o'ynagani ancha kuchli jamoa ekanligini ko'rsatib turibdi.
- OKMK, "Metallurg" yoki "Aral". Guruhdagi eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?
- "Aral"ga qarshi uchrashuv. Bu haqda avvalgi matbuot anjumanida ham ta'kidlab o'tgandim. Nukusda biz ancha qiynaldik. "Aral"da ham yaxshi shaklangan jamoa bor va ular ham joriy mavsum Superliga yo'llanmasi uchun kurashmoqda. Shuningdek, Nukusdagi maydonda ham harakat qilish juda qiyin bo'ldi. Shuningdek, qolgan ikkita uchrashuvda ham ancha yaxshi raqiblar bilan to'qnash keldik.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5184 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4812 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 13.05.2026 02:08 Ўқилди 4031 "Navbahor" "Qoraqalpog'iston FA" darvozasiga 9ta to'p kiritgan o'yindan GALEREYA |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3115 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3027 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2900 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2886 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 16.05.2026 19:08 Ўқилди 2553 Angliya Kubogi finali. "Chelsi" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 13.05.2026 23:56 Ўқилди 2472 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 19.05.2026 19:48 Ўқилди 2416 Sunatulla Abdullajonov: "Xohish, mehnat va ishonch bo'lsa, istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynab, g'alaba qozonish mumkin" |
Реклама
Сайт хақида