Arteta "Arsenal" o'yinchilariga 22 yildan keyingi ilk APL chempionligidan keyin murojaat qildi
20.05.2026 08:00 Ўқилди: 554
Bu "kanonirlar" uchun so'nggi 22 yildagi ilk chempionlikdir.
"Biz yana tarix yaratdik. Bunga birgalikda erishdik. Men bu klubga aloqador barcha uchun juda baxtli va faxrlanaman. Keling, bu lahzaning zavqini olaylik", - dedi Arteta "Arsenal"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e'lon qilingan videorolikda.
"Arsenal" 82 ochko to'plab, Angliya chempioni bo'ldi. "Manchester Siti" 37 o'yindan keyin 78 ochko bilan 2-o'rinda. Xosep Gvardiola jamoasi chempionlik imkoniyatni qo'ldan boy berdi.