BAA Pro ligasi. "Bani Yas" va "Al Bataeh" ishtirokidagi o'yinlarda durang, hamyurtlarimiz bahslarda to'liq harakat qilishdi
10.05.2026 23:24 Ўқилди: 6125
“Bani Yas” o'z maydonida “Shabab Al Ahli” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida O'zbekiston MTJ yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'yinda to'liq harakat qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi.
“Al Bataeh” va “Sharja” o'rtasidagi o'yin esa nursiz durang bilan yakunlandi. Mezbonlar safida o'zbekistonlik xavbek Aziz G'aniev to'liq harakat qildi.
“Bani Yas” BAA turnir jadvalida 25 o'yindan so'ng 27 ochko bilan sakkizinchi, “Al Bataeh” esa 20 ochko bilan o'n uchinchi o'rinda bormoqda.