
FIFA Vankuverdagi kongress paytida Janni Infantino uchun polisiya tomonidan kuchaytirilgan kuzatuv so‘ralgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
FIFAning yillik kongressi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, tashkilot Infantino uchun to‘rtinchi darajali to‘liq avtomobillar kortejini so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bunday xavfsizlik darajasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan harakatlanish va boshqa transport vositalarini bloklash imkonini beradi. Ma’lum qilinishicha, Vankuver polisiyasi ushbu so‘rovni rad etgan. Ta’kidlash joizki, bu kabi kuzatuv odatda AQSH prezidentlarining Kanadaga tashrifi chog‘ida taqdim etiladi.
«FIFA tashkilot prezidenti uchun maxsus polisiya kortejini so‘ramagan. FIFA prezidenti o‘zining 76-FIFA kongressidagi harakatlanishi va xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq hech qanday so‘rovdan xabardor bo‘lmagan va ularga aloqasi yo‘q.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha avvalgi kelishuvlarga muvofiq, mahalliy tashkilotchi sifatida "FWC26 Canada" barcha delegatlar, mehmonlar va manfaatdor tomonlarni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab rasmiy idoralarga murojaat qilgan.
FIFA prezidentning transporti va xavfsizligiga oid protokollarni sharhlamaydi va Vankuver huquq-tartibot idoralariga shu hafta davomidagi doimiy ko‘magi uchun minnatdorchilik bildiradi», — deyiladi FIFA bayonotida.
![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5881 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 21.04.2026 00:48 Ўқилди 4925 UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4332 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 26.04.2026 01:40 Ўқилди 4269 "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada istalgan jamoa bizga hujum qilyapti" |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4197 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4098 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3549 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3353 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3313 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3124 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
Реклама
Сайт хақида