
"Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimizga ham qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman. O'yinni yaxshi boshladik va gol urdik. Bitta vaziyatda xato bo'ldi va to'p darvozamizdan joy oldi. Xatolar umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. Kamchiliklarimizni ko'rib chiqamiz. Futbolchilarga savollar ko'p. Ayrimlari o'zining kuchli tarafini ko'rsata olmadi. Alamli albatta. Tahlil qilamiz. "Bunyodkor" uyda o'ynadi, g'alabani ilib ketdi. Umuman bizga qarshi hamma borini berib o'ynamoqda. Biz ham maksimal harakat qilyapmiz", - deydi Timur Kapadze.
- Mag'lubiyat sababi nimada deb o'ylaysiz? Futbolchilarning indvidualning xatolari pand berdimi?
- Ikkala gol ham oson vaziyatda urildi. Ikkinchi golda ham zarbaga yo'l qo'yib berishdi. Bu yerda hammasi bir-biriga bog'liq. Raqib bizga imkon bermadi, biz aksincha xato qildik.
- "Navbahor" tezkor gol urib olyapti. Lekin o'ziga qulay muhit yaratib olish zararga ishlamayaptimi?
- Birinchi gol urib olganimizda ham o'yinni nazorat qildik. Qanotdan bitta uzun pas berildi, tepildi. Balki bu yigitlarga ta’sir qilgandir. Ayrim vaziyatlarda dadilroq harakat qilsak bo'lardi. O'yinchilar va darvozabonga savol ko'p. Umumiy o'yin suratini olganda 2 ta gol qanday o'tkazib yubordik, bilmayman.
- Xatolar yuz berayotganini aytdingiz. Bu ko'p rotaciya bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi? Fernandesda ham bitta vaziyat yaratib, ikkinchisi qolib ketyapti...
- Ruslan bir necha kun oldin belida muammo sezgandi, asrashga qaror qildik. Ikkinchi bo'limda tushishini aytdik. Kimdirda charchoq, yana boshqasida mikrojarohat bor. Shohmalik ham yaxshi o'ynadi, gol urdi. Jarohat olgach o'yinda yo'qolib qoldi. Shu bois tetikroq futbolchilarni o'yinga tashladim. Ruslan yaxshi qo'shdi. Aytganimdek, kimdir bir vaziyatda yaxshi o'yin ko'rsatdi, kimdir ko'rsata olmadi. Ayrim shogirdlarimda charchoq belgilari bor. Gollardagi oddiy vaziyatda xato qilganimiz jahlimni chiqazdi.
- "Navbahor" ko'p duch keladigan muammo shuki, raqib hisobda oldinda borsa zich himoyalanmoqda. Bunga qanday echim bor?
- Zich himoyani indvidual yoki ishlanmalar orqali yorib o'tasiz. Raqibni xato qilishga majburlash kerak. Imkoniyat topish lozim. Tepadigan vaziyatlar bor. Yaxshi himoyani yorib o'tish butun dunyoda qiyin.
![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5881 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 21.04.2026 00:48 Ўқилди 4925 UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4332 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 26.04.2026 01:40 Ўқилди 4269 "BuxDU" bosh murabbiyi Azamat Sharipov: "Proligada istalgan jamoa bizga hujum qilyapti" |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4197 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4098 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3549 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3353 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3313 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3124 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
Реклама
Сайт хақида