"Yuventus" Germaniya terma jamoasi xavbekiga davogarlik qilmoqda
28.04.2026 13:56 Ўқилди: 218
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya jamoasi allaqachon 25 yoshli futbolchining vakillari bilan bog'langan. Ular yarim himoyachi bilan bog'liq mavjud vaziyat haqida so'ragan.
2025 yilda Kroos Shtillerni "Real"ga tavsiya qilgandi. Kroosning atrofidagilar hozirda Shtiller manfaatlarini himoya qilmoqda va bu uning kelajagida muhim rol o'ynashi mumkin.
Xabi Alonso o'tgan yozda jamoasi uchun boshqa o'yinchi qidirayotgani sababli Shtiller bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan voz kechgandi. Yarim himoyachining shartnomasida 36 million evro miqdoridagi tovon puli ko'rsatilgan.
Shtiller 2023 yilning avgustidan beri "Shtutgart"da o'ynab kelmoqda. Uning bitimi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Xavbek 2025/26 yilgi mavsum 48 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 45 million evroga baholamoqda.