Manba: "Inter" rahbariyati hakamlik mojarosi bo'yicha tergovga aloqador emas
28.04.2026 13:08 Ўқилди: 549
Bu ma'lumot Palmeriga Milan prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan. Shuningdek, barcha gumondorlar FIGC Hakamlar komissiyasi bilan bog'liqligi va tergov to'rt-beshta o'yinga tegishli ekani xabar qilinmoqda.
25 aprel kuni Janluka Rokki "Inter" ishtirokidagi o'yinlarga hakamlarni tayinlashda mumkin bo'lgan qoidabuzarliklar uchun tergov qilinayotgani xabar qilindi. Milan prokuraturasi tergov boshlaganidan so'ng mutaxassis FIGC Hakamlar komissiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi.
26 aprel kuni "Inter" ikkinchi divizionga tushib kyetishi va ikkita sovrindan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'ldi.