"Atletiko" "Vulverxempton" yarim himoyachisini 45-50 mln evroga sotib olishi mumkin
27.04.2026 12:32 Ўқилди: 45
Muzokaralar dastlabki bosqichda, ammo tomonlar tezda kelishuvga erishishlari mumkin. Premer-ligadan tushib ketgan klub o'yinchilarini sotishga tayyorgarlik ko'rmoqda va 25 yoshli braziliyalikni 45-50 mln evroga qo'yib yuborishga tayyor.
Gomesning "bo'rilar" bilan bitimi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uning qiymatini 35 mln evroga baholamoqda. Gomes "Vulverxempton" safida 127 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.