"Real" hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida o'z transfer rekordini yangilashga tayyor
26.04.2026 13:08 Ўқилди: 489
Bu haqda Kristian Falk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi fransiyalikni jalb qilish uchun katta kuch sarflashga tayyor. Klub futbolchining transferi uchun 160-165 million evro to'lashga tayyor.
Agar kelishuv amalga oshsa, bu "Real" tarixidagi rekordga aylanadi. Hozirda Madrid klubining rekord darajadagi transferi 2023 yilda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan 127 million evroga o'tgan Jud Bellingem hisoblanadi.