
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi darvozaboni - Nikola Mirkovich ("So'g'diyona")
“So'g'diyona” yakuniga etgan turda “Navbahor” bilan bahs yuritib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Shu kuni jizzaxliklar darvozaboni Nikola Mirkovichning hissasi katta bo'ldi. U bahsda naqd 3 ta seyvni amalga oshirdi, shundan 2 tasi jarima maydoni ichidan yo'llangan zarbadan keyin sodir bo'ldi. Shunday qilib, Championat.asia sayti aynan Nikola Mirkovichni tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rdi.

Championat.asia sayti talqinida 9-turning eng yaxshi murabbiyi - Islom Ahmedov (“Andijon”)
“Andijon” bu turda Toshkentda “Bunyodkor” bilan to'qnash kelib, safardan 3:1 hisobidagi g'alabani tantana qildi. “Burgutlar” bu mavsum ilk bor safardagi bahsda 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Bu g'alabani yaqindagina jamoani qabul qilib olgan yosh murabbiy boshchiligida qo'lga kiritildi. Shu tariqa, Islom Ahmedov Championat.asia sayti tomonidan tur murabbiyi deb topildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi futbolchisi - Akmal Muzaffarov (“Bunyodkor”)
“Qizilqum” bu turda o'z uyida “Qo'qon-1912”dan ustun keldi. Uchrashuv Akmal Muzaffarovning benifisiga aylanib ketdi. 21 yoshli hujumchi faoliyatidagi eng yorqin o'yinlaridan birini o'tkazib, dublni rasmiylashtirdi. E'tiborlisi bu gollar Muzaffarov uchun O'zbekiston chempionatidagi dastlabkilari bo'ldi. Championat.asia ijodkorlari Akmal Muzaffarov tur futbolchisi deya etirof etdi.

Championat.asia sayti talqinida 9-turning eng chiroyli goli muallifi - Imeda Ashortia (“Andijon”)
Yil boshida "Bunyodkor"dan "Andijon"ga o'tgan Imeda Ashortia 9-turda "Bunyodkor" darvozasiga supergol urdi. Uchrashuvning 6-daqiqasida uzoq masofadan chiroyli gol urgan Ashortia sobiq klubi hurmati uni nishonlagani yo'q. Championat.asia sayti Ashortiani 9-turning eng chiroyli goli muallifi deb topdi.

![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21402 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 16082 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15227 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12261 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6607 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 25.04.2026 03:32 Ўқилди 5746 Islom Ahmedov: "Menga to'rtta o'yinga imkoniyat berishdi. G'alaba ortida katta mehnat yotibdi" |
![]() | 21.04.2026 00:48 Ўқилди 4805 UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi |
![]() | 16.04.2026 02:22 Ўқилди 4155 Infantino: «Eron JCH-2026da ishtirok etishi shart, sport siyosatdan xoli» |
![]() | 16.04.2026 01:40 Ўқилди 3648 Mbappe - rekordchi! Kilian YCHL tarixida bir mavsumda safarda 10 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi |
![]() | 19.04.2026 21:24 Ўқилди 3461 Superliga. 9-turda ishlaydigan rasmiylar |
Реклама
Сайт хақида