"Barselona" Levandovskiga yangi shartnoma taklif qildi
11.04.2026 23:24 Ўқилди: 1049
Bu haqda jurnalist Rojer Torello xabar bermoqda.
Insayderning takidlashicha, yangi kelishuvda hujumchining maoshi kamaytiriladi. Avvalroq Levandovski Ispaniya klubida yana bir mavsum qolishni xohlayotganini ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, manbalarning takidlashicha, hujumchiga "Milan”, "Chikago Fayr" va Saudiya Arabistoni klublaridan muqobil takliflar mavjud.
37 yoshli Robert Levandovski 2022 yildan beri "Barselona"da o'ynamoqda. Bu mavsumda polshalik futbolchi klub safida 39 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.