"TerDU" bosh murabbiyi Eldor Boymatov: "O'yin jamoamiz nazorati ostida kechdi"
11.04.2026 21:32 Ўқилди: 1476
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv jamoamiz nazorati ostida kechdi. Faqat o'z imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. "Yaypan" jamoasi vaziyatlardan foydalanib yutib ketdi. Darvozabonimiz xatosidan so'ng gol o'tkazib yubordik.
- Tezkor gol rejalaringizni qay darajada o'zgartirdi?
- Tezkor gol har doim rejani o'zgartiradi. Boshida 15 daqiqa himoyani mustahkam ushlab raqibga imkon bermaslikni maqsad qilgandik. 20-daqiqadan keyin o'z o'yinimizni ko'rsata boshladik. Oxirigacha nazorat bizda qoldi.
- Ikkinchi bo'lim yarmidan so'ng jamoangiz o'ynamay qo'ydi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Aksincha, ikkinchi bo'lim yarmidan keyin bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Hisob 2:1 edi va ko'p marta hujumga o'tdik. Balki chiziqlar orasida uzilish bo'lgandir, bu ham hujumga o'tganimiz uchun shunday ko'ringan. Biz shundan so'ng uchta vaziyat yaratdik, faqat gol ura olmadik.