
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor jamoamizni qo'llash uchun stadionga kelgan muxlislarga katta rahmat aytaman. O'yinga keladigan bo'lsak, biz tomondan shoshma-shosharlik ko'p bo'ldi. Gol urishga va g'alaba qozonishga ishtiyoq ko'pligidan ko'p vaziyatlarda shoshib harakat qildik. Balki bosimdan ham bo'lishi mumkin. Birinchi taymda qulay imkoniyatlarimiz bo'ldi, afsuski foydalana olmadik. Ikkinchi bo'lim boshidagi qizil kartochka jamoamizni qiyin ahvolga solib qo'ydi. Shunga qaramay yigitlarga rahmat, durang natijaga erishdik.
- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat borasida fikringiz?
- O'yindan keyin hujumchimiz bilan gaplashdim, raqibga umuman harakat qilmadim, o'zi kelib urildi dedi. Bilmadim, tirsagi tekkanmi yo boshqami, hakam "qizil" ko'rsatdi. Avvalgi tur "TerDU" bilan bahsda Shermatov Jahongirning qoshi yorildi, qon chiqdi, lekin hakam "sariq" ham bermagandi. Endi har bir hakamning o'z yondashuvi bor, biz bunga aralasha olmaymiz.
- 90+3-daqiqada ro'y bergan holat yuzasidan munosabatingiz?
- Futbolchimiz birga bir qochib ketgan vaziyatmi? To'g'risi, men ancha uzoqdan ko'rdim, hakam esa vaziyatga yaqin edi. Bu borada hakamlar ishiga aralashmaganimiz maqul.
- Jamoangizda tajribali futbolchilar bor. Bugungi o'yin uchun qo'yilgan aniq maqsad nima edi?
- "Lochin" jamoasi oldiga Superliga darajasidagi futbolchilarni tayyorlash vazifasi qo'yilgan. Tarkibimizda 1999 yil tug'ilganlar ham, 2005 yilda tug'ilganlar ham bor. Kimningdir fikrlashi zo'r, lekin jismoniy holati sabab U-21 jamoalariga o'ta olmagan. Universitet jamoasining tashkil etilishi futbolchilar uchun ikkinchi imkoniyat degan bo'lardim. Va albatta chiroyli o'yin ko'rsatib, ishqibozlarni xursand etish.
- Eldor aka, sizda "Sho'rtan"dan "Lochin"ga o'tish jarayoni qanday ro'y berdi?
- "Lochin" Proligada ishtirok etishi ma'lum bo'lgach, universitetimiz rektori Dilmurod Hamidullaevich taklifi bilan klubga keldim. (Ma'lumot uchun, "Lochin" klubi Qarshi davlat universiteti futbol jamoasi hisoblanadi - tahririyat). Menga ma'lum bo'lishicha, Dilmurod Hamidullaevich "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan maslahatlashgan va Ro'ziqul Sadullaevich meni tavsiya qilgan. Men uchun "Lochin" taklifi qiziqarli bo'ldi. Ko'p shogirdlarim bilan "Nasaf farm"da birga ishlaganmiz. Jamoaga kelishimda Ro'ziqul Berdievning o'rni katta.
- "Lochin" klubi uchun qurilayotgan stadion haqida ma'lumot berib o'tsangiz?
- Juda chiroyli va ko'rkam stadion barpo etilmoqda. Maysa ekildi, hozirgi kunda parvarish jarayoni ketyapti. Ikkinchi davraga maydon tayyor bo'ladi deyishyapti. Tribunalar va boshqasi tayyor.
- Sizningcha, Proligada Superliga uchun kurashadigan uchta jamoa qaysi?
- "Sho'rtan", "Metallurg", "Kattaqo'rg'on" va "Aral" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Lekin chempionat hech kim uchun oson kechmaydi. O'zingiz ko'ryapsiz, oson o'yinlar bo'lmayapti, hamma kurash olib bormoqda.
- Tashkiliy ishlar va boshqa masalalar bo'yicha klubda muammo yo'qmi?
- "Lochin"da hech qanaqa muammo yo'q. Buning uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Mashg'ulot o'tkazish uchun maydon, ovqatlanish, baza - xullas hammasi joyida.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25174 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15442 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7156 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7103 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5492 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4526 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4263 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
![]() | 05.04.2026 00:48 Ўқилди 4191 La Liga. "Malorka" - "Real Madrid" 2:1 |
![]() | 07.04.2026 01:56 Ўқилди 4090 "Napoli" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub etib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi |
![]() | 09.04.2026 02:08 Ўқилди 3465 "Atletiko" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi: Kubarsi chetlatildi, Alvares esa jarimadan gol urdi |
Реклама
Сайт хақида