Kataloniyaliklar YCHLning 1/4 finali dastlabki o'yinida o'z maydonida "Atletiko"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Javob o'yini 14 aprel kuni Madridda o'tkaziladi.
"Albatta, LaLiga - katta turnir. Aynan ushbu musobaqa sababli YCHLda o'ynaymiz. Biroq YCHLni yutish - bu istalgan futbolchi, murabbiy va muxlisning orzusi. Aynan shu sababli biz bu yerdamiz.
Chempionatdagi ishlarni tezroq yakunlash kerak, biroq asosiysi - YCHLni yutish. Bu har bir klub va futbolchining maqsadi", - dedi Flik.
Chempionatda "Barselona" "Real"ni 7 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.