
O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev fikrlarini bildirdi.
"Bekobod jamoasini anchadan beri sog'inib kutilgan futbol bayrami bilan tabriklayman. O'yindan oldin shunga yarasha bayramona kayfiyat bo'ldi. Bellashuv ham shiddatli ko'rinish oldi deb o'ylayman. Ikki jamoa ham maksimum harakat qildi. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Raqib ko'proq ikkinchi bo'limda bosim uyushtirdi, to'pni nazorat qilishga intildi. Biz himoyada tezkor hujumlar bilan raqib darvozasiga yo'l topishga harakat qildik. Tarkibimizdagi yigitlar yosh lekin ko'zi yonib turibdi. Bugun ular birinchi turdagi kabi yurakdan to'p tepishdi. Futbolchilarimga katta rahmat aytaman",- deydi Jamoliddin Rahmatullaev.
- Darvoza tomon belgilangan penalti haqida nima deya olasiz?
- U vaziyatni bilmadim, ko'ra olganim yo'q. Video takrorni ham kuzatmadim. Birinchi turda ham shunday vaziyat yuzaga kelgandi.
- Jamoadagi qaysi futbolchilarni alohida etirof etish mumkin?
- Yigitlar haqiqiy jamoaviy o'yin ko'rsatishdi. "Metallurg" tarkibida tajribali futbolchilar ko'p edi. Shunga qaramay yakka kurashlarda ham, ruhiy tomonlama ham qolishishmadi. Faqat rahmat aytish mumkin.
- Hujumchi Emmanuel Emonkpair terma jamoa ixtiyorida. Uning o'rni qanchalik bilindi?
- Bu yigit hali 16 yoshda. Uning Pro liga darajasida qanchalik o'ynay olishini bilmaymiz. Asilbek Aliev undan ancha mahoratli, Osiyo Kubogi, Jahon chempionatini bosib o'tgan futbolchi. Aliev oldinda eng zo'ri bo'lib turibdi.
- "Respublika FA" jamoasining Pro ligada ishtirok etishidan asosiy maqsadi nima?
- Maqsadimiz futbolchilarni katta futbolga tayyorlash. Jamoamizni 2007-2008 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil qiladi. Oldimizda 2027 yilda U-20 Jahon chempionati bor. Terma jamoamizning asosiy futbolchilari o'z jamoasida. Biz ularga tegmagan holda o'yin amaliyoti kamroq, iqtidori bor lekin ko'rinmayotgan akademiyalardagi futbolchilarni jalb qildik. U-20 terma jamoamizga 20 yoki 30 ta emas, 50 ta futbolchilarni tayyorlab raqobatni oshirishni maqsad qildik.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25135 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15412 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7132 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7073 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5492 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4508 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4254 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
![]() | 05.04.2026 00:48 Ўқилди 4188 La Liga. "Malorka" - "Real Madrid" 2:1 |
![]() | 07.04.2026 01:56 Ўқилди 4081 "Napoli" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub etib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi |
![]() | 09.04.2026 02:08 Ўқилди 3459 "Atletiko" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi: Kubarsi chetlatildi, Alvares esa jarimadan gol urdi |
Реклама
Сайт хақида