
O'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, 3 ochkoni qo'ldan boy berdik. 2-tur, o'z maydonimizdagi ochilish bahsida g'alaba qozonishimiz shart edi. Bir qancha xavfli vaziyatlardan foydalana olmadik, yarim himoyachilarimiz kerakli nuqtadan uradigan pallada pas o'ynashdi. Raqib jamoani bir ochko bilan tabriklayman. Hayot to'xtab qolmaydi. Chempionat endi boshlandi. Buyog'iga yanada astoydil ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - Superligaga chiqish. Rahbariyat oldimizga faqat shu vazifani qo'ygan. ",- deydi Ilhom Mo'minjonov.
- Ikkinchi bo'limda hujumda palapartishlik yuzaga kelganiga nima sabab bo'ldi?
- Sababi shoshildik. Futbolchilar tezroq gol urishni istadi. Umuman olganda tajribali futbolchilar. O'yinni qo'limizga oldik. Ko'p uzatmalar bilan ishladik, lekin vaziyatlarimizdan foydalanishda oqsadik. O'yinni ko'rib chiqqan holda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
- Raqibning qaysi jihatlari sizda ijobiy taassurot qoldirdi?
- Ularni bilar edik, tezkor, epchil. Barchasi 19-18-17 yoshdagi futbolchilar. O'zlarining tezligi bilan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Murabbiysi ham yaxshi taassurot qoldirdi. Bekorga terma jamoalarda ishlamagan. Himoyani yorib o'tdik ammo gol ura olmadik.
- Keyingi o'yin haqida...
- "TerDU" jamoasiga kelsak, uyda o'ynaymiz. Bu raqibga qarshi ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqa yo'limiz yo'q.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25135 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15412 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7132 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7073 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5492 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4508 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4254 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
![]() | 05.04.2026 00:48 Ўқилди 4188 La Liga. "Malorka" - "Real Madrid" 2:1 |
![]() | 07.04.2026 01:56 Ўқилди 4081 "Napoli" o'z maydonida "Milan"ni mag'lub etib, ikkinchi o'ringa ko'tarildi |
![]() | 09.04.2026 02:08 Ўқилди 3459 "Atletiko" "Kamp Nou"da "Barselona"ni mag'lub etdi: Kubarsi chetlatildi, Alvares esa jarimadan gol urdi |
Реклама
Сайт хақида