Kecha "Liverpul" matbuot xizmati himoyachi bilan shartnoma uzaytirilmasligini ma'lum qildi va shotlandiyalik yozda erkin agentga aylanadi.
"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, 32 yoshli himoyachi uchun "Tottenxem" asosiy davogar bo'lib oldi. "Shporlar" ushbu himoyachini qishda tarkibiga qo'shib olishga harakat ham qilib ko'rgandi.
Robertsonning "Tottenxem"ga o'tishi uchun ikki sabab bo'lishi kerak: avvalo "Tottenxem" APLda qolishi, keyinchalik uning o'zida APLda qolish istagi bo'lishi.