"Real" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
09.04.2026 19:32 Ўқилди: 742
"TEAMtalk" ma'lumotlariga qaraganda, "hakkalar" murabbiylar shtabi va rahbariyati "Real"ning 22 yoshli hujumchisi Gonsalo Garsiyani yozgi transfer oynasi uchun asosiy mo'ljal sifatida belgilab oldi.
Nik Voltemade va Yoan Vissa kabi futbolchilar sotib olinganiga qaramay, klub hali ham "Liverpul"ga o'tgan Isakning o'rnini to'ldirolmayapti. Garsiya o'yin uslubi va yoshi tufayli "Nyukasl" uchun ideal variant sifatida ko'rilmoqda.
"Nyukasl" Jahon chempionatidan keyin "Real" bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyor, garchi ular Garsiyani qo'lga kiritishda bazi qiyinchiliklarga yuz tutsa ham.
Gonsalo ushbu mavsum barcha musobaqalarda 32 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Hujumchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan va Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.