
- O'yin haqida fikringiz?
- "Dinamo"ni yaxshi bilamiz va o'yindan oldin raqibni o'rgangandik. Samarqandda yaxshi jamoa bor, ijrochilari ham mahoratli. Birinchi taymda biz uch-to'rtta vaziyat yaratdik. Gol urishimiz mumkin edi, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi taymda to'p kiritdik, hammasi joyida edi. Ammo qandaydir ikki-uch daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yubordik. O'sha vaziyatda o'chib qoldik shekilli, nima bo'lganini tushunmadim. "Dinamo" yakunda maqsadiga erishib g'alaba qozondi, bu bilan raqibni tabriklayman. Vadim Karlenovich bilan munosabatimiz yaxshi, gaplashib turamiz. Futbol shunaqa o'yin: kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Futbolchilarga o'yin uchun rahmat aytaman, hech kimga etirozim yo'q. Endi keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz.
- Jamoani yaqinda qabul qilib oldingiz va yuqoriga ko'tarishga harakat qilyapsiz. Jamoangiz bugun yaxshi o'yin namoyishga etishga harakat qildi, tarkib ham yomon emas. Lekin birinchi navbatda himoya chizig'ini kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi?
- Mana siz yaxshi jamoa deyapsiz. Men hech kimning manziliga qarata gapirmoqchi emasman, lekin faktlar hammasini aytib turibdi. Raqamlar himoya chizig'ining hozirgi holatini ham belgilab beryapti. Nimaiki bor bo'lsa shundan foydalanamiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz, jamoamizda o'sish bor. Bugun biz raqibga qaraganda yaxshi o'yin ko'rsatdik, faqat vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi. Ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi, bu degani to'g'ri yo'ldamiz. Bu - futbol, hamma xato qiladi. Aytib o'tganimdek, hech kimni muhokama qilmoqchi emasman. Vaqt o'tishi bilan jamoamizda nimalar o'zgarishini ko'ramiz.
- Ko'pchilik Lyupcho Dorievni chempionatimizning eng yaxshi futbolchisi deb biladi. Har holda buni u o'tgan yilgi o'yinlari bilan isbotladi. Ammo ko'pchilik uni "Boshkovichning futbolchisi" deyapti. Bu sizga qanday ta’sir qiladi? U bilan ishlash qanday ketyapti?
- Doriev yaxshi sifatga ega futbolchi, u inson sifatida ham yaxshi. Boshqalar qatori uni ham hurmat qilaman. O'zaro munosabatimiz sekin-asta iliqlashib boryapti. Yaxshi futbolchi qaysi murabbiy bilan ishlamasin, chiroyli o'yin ko'rsatishi og'ir kechadi. Chunki raqib uni o'rganadi, futbolchilar yopishga harakat qiladi. Nimadir o'xshaydi, nimadir yo'q. Bugun unda ham ikkita vaziyat bo'ldi, birinchisida darvozabon qutqardi, ikkinchisida himoyachi yaxshi hrakat qildi. Har o'yinda bir xil harakat qilish oson emas.
![]() | 21.10.2026 00:08 Ўқилди 39252 LIVE. YCHL. PSJ - “Barselona” 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.10.2026 23:48 Ўқилди 23717 CHL. "Fenerbaxche" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 22.10.2026 00:08 Ўқилди 19915 MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang |
![]() | 21.10.2026 00:48 Ўқилди 15089 Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi"" |
![]() | 20.10.2026 02:08 Ўқилди 14096 APL. Kulusevski 526 kundan so'ng maydonga qaytgan bahsda "Tottenxem" mavsumdagi birinchi g'alabasini tantana qildi |
![]() | 22.10.2026 00:40 Ўқилди 11701 Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi |
![]() | 21.10.2026 01:24 Ўқилди 10892 Saudiya Arabistoni. Ronaldu penaltin golga aylantira olmadi, "Al Nassr" kichik hisobda g'alabaga erishdi |
![]() | 21.10.2026 23:56 Ўқилди 8259 YCHL. "Komo" MYUni yirik hisobda taslim qildi, "Galatasaroy" mehmonda 4 ta gol urdi |
![]() | 19.10.2026 00:08 Ўқилди 8210 Ilyos Zeytulaev: "Jamoamizning umumiy holati meni qoniqtiryapti" |
![]() | 24.10.2026 22:24 Ўқилди 7910 Ro'ziqul Berdiev: "Penaltini Bobir amalga oshirishini kutmagandim" |
Реклама
Сайт хақида