Gabon terma jamoasi hujumchisi Aaron Bupendza Xitoyda 11-qavatdan qulab tushib, halok bo‘ldi. Bu haqda Fanatik nashriga tayanib Sport-Express xabar bermoqda. Futbolchining o‘limini Buxarestning “Rapid” klubi bosh murabbiyi Marius Shumudike tasdiqlagan.
Mahalliy polisiya hodisa yuzasidan bir nechta holatni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Bupendza voqea sodir bo‘lgan paytda kvartirada bo‘lgan ukasi bilan janjallashgani haqidagi ma’lumot ham tekshirilmoqda.
Bupendza so‘nggi paytlarda Xitoyning “Chjeszyan Profeshnl” klubi safida to‘p surayotgan edi. Uning ushbu klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil dekabrigacha mo‘ljallangandi.
Avvalroq u Buxarestning “Rapid”, AQSHning “Sinsinnati”, Saudiya Arabistonining “Ash-SHabab” va “Al-Arabiy” klublari hamda Turkiyaning “Hatayspor” jamoalarida to‘p surgan.
Aaron Bupendza 2016 yildan 2023 yilgacha Gabon terma jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga erishgan.
![]() | 01.05.2025 20:44 Ўқилди 2136 "Oltin to‘p" uchun davogarlar o‘zgardi |
![]() | 07.05.2025 10:08 Ўқилди 1305 “Barselona“ TOP futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin |
![]() | 06.05.2025 08:48 Ўқилди 1230 “Al Hilol“ super futbolchi bilan muzokaralarni boshladi |
![]() | 04.05.2025 10:24 Ўқилди 1008 Rafinyaning “Barselona“dagi taqdiri malum |
![]() | 01.05.2025 23:48 Ўқилди 936 "Real" Modrich va Vaskes bilan shartnomani uzaytiradi |
![]() | 03.05.2025 01:24 Ўқилди 897 "Liverpul" Trentni "Real"ga qo'yib yuborishga tayyor, faqat bir qancha shartlar bilan |
![]() | 07.05.2025 07:40 Ўқилди 855 Chempionlar Ligasi. "Inter" – "Barselona" 4:3 - olovli o'yin! |
![]() | 01.05.2025 22:00 Ўқилди 849 Yamalning yoshida Messi va Ronalduning statistikasi qanday edi? |
![]() | 04.05.2025 13:40 Ўқилди 786 "Real" Rodrigoni sotishi mumkin, unga "Man Siti" va "Arsenal" qiziqmoqda |
![]() | 01.05.2025 07:24 Ўқилди 780 "Barselona" va "Inter" o'rtasidagi "olovli" o'yinda "Inter"ni darvoza to'sini qutqardi, Mxitaryanning goli esa hisobga olinmadi |