"Barselona" "Chelsi" bilan bir himoyachi uchun kurashadi
14.11.2025 22:24 Ўқилди: 2278
Biroq "Barselona" bu borada London klubiga raqobat taklif qildi, deb xabar beradi "Caught Offside".
Manbaning yozishicha, London klubi 2026 yil yanvarida "Pelas"ga taklif bilan chiqmoqchi, "Barselona" esa holatni yozgacha kuzatib borishga tayyor. "Kristal Pelas" kolumbiyalik 29 yoshli himoyachini 30 million evroga baholagan.
Munos ushbu mavsumda barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, ikkitadan gol va assist qayd etdi. Uning klubi bilan amaldagi kelishuvi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.