Uning xizmatlariga APLning top klublari qiziqish bildirmoqda.
"Sky Sports"ning yozishicha, 25 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" anchadan buyon kuzatib bormoqda. Endi "Manchester Siti" ham ularning qatoriga qo'shildi.
Ushbu mavsumda Semeno barcha turnirlarda 12 o'yinda qatnashib, 6 gol va 3 assist qayd etdi. Uning "Bornmut" bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar davom etadi.