ESPN malumotlariga qaraganda, 22 yoshli sloveniyalik tizzasidagi muammo bo'yicha qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi. Shuningdek, u noyabr oyida milliy terma jamoasining o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Angliya Premer-ligasi 11-turidan joy olgan "Tottenxem" bilan bahsda Sheshko 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. U o'yindan keyin oqsoqlanib yurdi.
Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 12 o'yinda 2 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.