Falastin terma jamoasi «Monjuik» stadionida Kataloniyaga qarshi o‘ynaydi
05.11.2025 13:33 Ўқилди: 495
18 noyabr kuni Barselona shahridagi “Monjuik” stadionida Kataloniya va Falastin terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahs xayriya maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, to‘plangan barcha mablag‘lar Falastin xalqiga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltiriladi.
Uchrashuv nafaqat sport, balki insonparvarlik ahamiyati bilan ham katta e’tibor qozonmoqda. Kataloniya futbol federasiyasi va mahalliy jamoat tashkilotlari mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.