Palmer "Barselona"ga qarshi o'yingacha safga qaytishi mumkin
05.11.2025 00:32 Ўқилди: 3389
Enco Mareska Koul Palmerning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. Yarim himoyachi 20 sentyabrdan beri chov sohasidagi muammolar tufayli o'ynamayapti. "Chelsi" bosh murabbiyidan Angliya terma jamoasi azosini Chempionlar ligasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinda (25 noyabr) ko'rish imkoniyati bor-yo'qligi so'raldi.
"Biz bunga umid qilamiz. Buning ehtimoli bor. Ammo hozircha Koul jamoa bilan umuman shug'ullanmayotgani uchun, biz kunma-kun oldinga siljiyapmiz.
To'g'risini aytsam, Koulning ertaga ham o'yinga tayyor bo'lishini istardim. Uning tezroq qaytishini xohlardim. U bilan birga kuchliroq ekanligimizni ko'p marta takidlaganman. Afsuski, u jarohat olgan, lekin biz uni iloji boricha tezroq safga qaytishini istaymiz," - dedi Mareska.