Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" 2027 yilning iyunida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida forvard bilan kelisha olmayapti. Qayd etilishicha, Vinisius uning maoshini Kilian Mbappening daromadlari darajasigacha oshirishni talab qilmoqda, klub esa bunday shartlarga rozi bo'lishga tayyor emas. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, "Qirollik klubi" braziliyalikni 2026 yildan kechiktirmay sotib yuborishga harakat qiladi.
2025 yilning yozida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Vinisius oltita o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.