Kamavinga va Sebalosning "Real"dagi taqdiri malum bo'ldi
25.07.2025 01:48 Ўқилди: 519
"Cadena SER" malumotiga ko'ra, Xabi Alonso klub rahbariyatiga yarim himoyachilardan hech kimni sotib yubormaslikni, bo'lmasa tarkibda futbolchilar muammosi bo'lishini aytgan.
"Real"dagilar Sebalosni sotib yuborishga harakat qilgan, biroq uning o'rniga mos futbolchi topa olmagan. Sebalosga "Betis" tomonidan qiziqishlar bo'lgan, lekin Alonso futbolchiga jamoada qolishini va kerakli ekanligini aytgan.
Kamavingaga APL tomonidan qiziqishlar bo'lgan, lekin franciyalik futbolchi takliflarga rad javobini bergan.
Sebalos o'tgan mavsumda LaLiganing 23 o'yinida qatnashdi, Kamavinga esa 19 o'yinda 1 gol va 2 assist qayd etdi.