Futbolchidan Evropa ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi ilk o'yin oldidan doping-test olingan va uning qonida taqiqlangan dorilar aniqlangan.
"Men saraton kasalini engganimdan keyin shifokorlar bilan birgalikda soch to'kilishiga qarshi dori ichib, davolanyapman. Bu dorida taqiqlangan moddalar bor ekan", - deb yozadi futbolchi.
Bilbao klubi Yerayning inson omili bilan "xato qilganini" va futbolchiga yordam kerakligini yozib o'tgan.
Yeray Alvares yakunlangan mavsumda LaLiganing 21 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.