
Taqdirlash marosimining o'zi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.
Parij jamoasining Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabasi va Ispaniyaning Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga mag'lub bo'lganidan so'ng Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favoritiga aylandi. Franciyalik futbolchi o'tgan mavsum PSJ safida 49 o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan. Dembele parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, chempionat va Franciya Kubogida zafar quchdi.
Lamin Yamal o'tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 55 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o'z jamoasi bilan uchta titulni qo'lga kiritdi – chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.
Yana bir davogar "Barselona" vingeri Rafinya. Braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsum 57 o'yinda ishtirok etib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, u jamoa bilan uchta yutuqqa erishdi YE chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.
Yilning asosiy individual mukofotiga asosiy davogarlarning to'liq ro'yxati quyidagicha ko'rinishda:
1. Usmon Dembele (PSJ).
2. Lamin Yamal ("Barselona").
3. Vitinya («PSJ»).
4. Muhammad Saloh («Liverpul»).
5. Rafinya («Barselona»).
6. Kilian Mbappe («Real»).
7. Janluiji Donnarrumma (PSJ).
8. Xvicha Kvaracxeliya (PSJ).
9. Dezire Due (PSJ).
10. Ashraf Hakimi (PSJ).
O'tgan yili ushbu sovrinni Ispaniya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgandi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Vinisius Junior va Jud Bellingem (ikkisi ham "Real") kirgan edi.
"Oltin to'p" – har yili Franciyaning "France Football" jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot.
![]() | 20.05.2026 02:16 Ўқилди 5271 "Chelsi" "Tottenxem"ni mag'lub etdi, "shporlar"ning taqdiri oxirgi turda hal bo'ladi |
![]() | 17.05.2026 01:24 Ўқилди 4914 Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi davra oldidan transfer qilmasak yana qiynalib qolamiz" |
![]() | 24.05.2026 00:24 Ўқилди 3774 "Bavariya" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi |
![]() | 24.05.2026 02:44 Ўқилди 3302 Eron FIFA bilan terma jamoa qarorgohini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishdi |
![]() | 19.05.2026 23:48 Ўқилди 3214 Mareska "Siti" uchun himoyachi va yarim himoyachi sotib olmoqchi |
![]() | 18.05.2026 02:24 Ўқилди 3087 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Betis"ga 3 ta gol urdi |
![]() | 23.05.2026 01:08 Ўқилди 3055 Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin |
![]() | 16.05.2026 02:00 Ўқилди 2951 APL. "Aston Villa" final oldidan "Liverpul"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 19.05.2026 21:16 Ўқилди 2946 Konte mavsum yakunida "Napoli"ni tark etadi |
![]() | 23.05.2026 23:56 Ўқилди 2698 "Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun 170 million evro to'lashga tayyor |
Реклама
Сайт хақида