"Liverpul" 35 mln evrolik transferni amalga oshirmoqda
17.05.2025 21:24 Ўқилди: 126
Inglizlar "Bayer" bilan 24 yoshli himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishib, Leverkuzen klubini 35 mln evrolik tovon puli faollashtirilgani haqida xabardor qildi.
Futbolchi mersisaydliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Ayni paytda tibbiy ko'rikdan o'tish sanasi aniqlanmoqda.
Frimpong Bundesliganing 2024/25 yilgi mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.