Eslatib o'tamiz, 2024 yil sentyabr oyida Franciya professional futbol ligasi (LFP) parijliklarni yozda "Real"ga bepul o'tgan hujumchiga ish haqi va bonuslar bo'yicha qarzni to'lashga majbur qilgan edi. Keyinroq Mbappe to'lovlar amalga oshirilmagani sababli LFPning intizom qo'mitasiga murojaat qildi, biroq bu murojaat rad etildi, chunki klub LFPga qarshi Parijda sudga murojaat qilgan.
Aprelda Parij sudi qaroriga ko'ra, PSJning hisob raqamlarida Mbappe oldidagi 55 million evro qarz summasi hibsga olingan edi.
RMC Sport xabariga ko'ra, dushanba kuni PSJ sudga klub hisob raqamlaridagi pullarning hibsga olinishini bekor qilish talabi bilan davo arizasi topshirgan. Sud jarayonida klub advokatlari Mbappe klubning unga qarzdorligiga isbotlovchi dalillar keltirmaganini bildirgan.
Shuningdek, klub tomoni sudda Mbappening o'zi klubga 98 million evro qarzdor ekanini iddao qildi. PSJda hujumchining qarzdorligi uning klubga zarar etkazgan "vaqtni cho'zish" taktikasi natijasida yuzaga kelgan deb hisoblaydi.
"Maqsad 98 million evro olish emas, balki shuni ko'rsatish: agar u bizdan qarzdor bo'lsa, uning talabi asossiz", – dedi PSJ advokati Reno Semerdjyan.
Tergov 26 may kuni davom etishi kutilmoqda.
![]() | 14.05.2025 15:48 Ўқилди 2214 Futbolda tezlik bo'yicha jahon rekordi yangilandi |
![]() | 09.05.2025 16:56 Ўқилди 1404 APLda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi |
![]() | 14.05.2025 09:16 Ўқилди 1380 “Real Madrid“ ikkita himoyachi uchun 100 million evro to'lashga tayyor |
![]() | 13.05.2025 00:16 Ўқилди 1287 PSJdagilarning fikricha, Kilian klubdan 98 mln evro qarzdor ekan |
![]() | 14.05.2025 21:33 Ўқилди 1227 Vinisius Braziliyada klub sotib oldi (foto) |
![]() | 13.05.2025 11:40 Ўқилди 1191 U-17 Jahon chempionatiga qachon qura tashlanadi? |
![]() | 11.05.2025 13:08 Ўқилди 1071 Anchelottining o'g'li bosh murabbiy bo'lishi mumkin |
![]() | 13.05.2025 08:56 Ўқилди 984 “Real“ning ikkita asosiy futbolchisi uchun mavsum yakunlanadi |
![]() | 16.05.2025 09:56 Ўқилди 981 “Real Madrid“ yarim himoyani kuchaytirish uchun uchta futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqda |
![]() | 12.05.2025 07:56 Ўқилди 978 Mbappe "Real"ning barcha davrlaridagi rekordini yangiladi |