Braziliyalik hujumchi Vinisius jamoa xo‘jayini sifatida faoliyatini Braziliyaning "Atletik" klubida boshlaydi. Jamoa hozirda Braziliya futbolining ikkinchi kuchli ligasida o‘ynaydi va u yerda 15-o‘rinni egallab turibdi.
Vinisius allaqachon yangi klub futbolkasi bilan suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi, o‘zi esa klubda bor sovrinlar fonida nafis kostyum va galstukda paydo bo‘ldi. Muxlislar uning birinchi qarorlarini intiqlik bilan kutishmoqda.