
25 noyabr kuni taqdim etilgan tadqiqotga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 66,3 ball bilan jahonda 47-o'rinni egalladi.
Tadqiqotda har bir mamlakatning 23 yoshga to'lmagan, milliy terma jamoada o'ynash huquqiga ega eng yuqori ko'rsatkichli 20 nafar futbolchisi baholangan. Ularning so'nggi bir yil davomida kattalar o'rtasidagi rasmiy uchrashuvlarda qancha vaqt maydonda bo'lgani va ushbu bahslarning sport saviyasi inobatga olingan.
O'zbekistonning eng yuqori baholangan futbolchisi Abduqodir Husanov bo'ldi. Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi 89,0 ball to'pladi.
Shuningdek, hali milliy terma jamoada debyut qilmagan futbolchilar orasida Sardorbek Bahromov eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Uning natijasi 69,9 ballni tashkil etdi.
Osiyo terma jamoalari orasida Yaponiya 69,8 ball bilan jahon reytingida 33-o'rinni egalladi. Xitoy 67,8 ball bilan 39-o'rinda, Janubiy Koreya esa 65,4 ball bilan 52-o'rinda qayd etildi. Shu tariqa, O'zbekiston Janubiy Koreyadan yuqori, Yaponiya va Xitoydan pastroq joylashdi.
Umumiy reytingda Ispaniya 84,2 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni Fransiya (81,0) va Angliya (80,9) egalladi. Kuchli beshlikdan Argentina (80,2) va Italiya (79,9) ham joy oldi.
Ma'lumot uchun, CIES reytingi milliy terma jamoalarning hozirgi FIFA reytingi yoki yoshlar o'rtasidagi musobaqalar natijalariga asoslanmaydi. U yosh futbolchilarning kattalar futbolida to'plagan o'yin tajribasi va ishtirok etgan musobaqalar saviyasini baholaydi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13791 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8659 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4326 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3263 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2706 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2619 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1963 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
![]() | 16.11.2026 20:56 Ўқилди 1775 Argentinada 18 yoshli futbolchi uchrashuv paytida boshiga to'p tegishi oqibatida vafot etdi |
![]() | 16.11.2026 22:16 Ўқилди 1512 Millatlar ligasi. Qozog'iston oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 16.11.2026 23:40 Ўқилди 1341 Qatardagi yig'inda Shomurodov, Ismoilov va Nemanov qatnashmayapti |
Реклама
Сайт хақида