
TyC Sports xabariga ko'ra, noxush voqea payshanba kuni AFA Juveniles C turniri doirasidagi "Eseysa" va "Deportivo Munis" yoshlar jamoalari o'rtasidagi bellashuvda sodir bo'lgan. Nunesning boshiga to'p kelib tekkan - "Eseysa" o'yinchisiga voqea joyida tibbiy yordam ko'rsatilgan, shundan so'ng uni shifoxonaga yotqizishga to'g'ri kelgan. Yakunda uchrashuv to'xtatilgan.
Shifoxonada futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, biroq uning ahvoli yaxshilanmadi. Yakshanba kuni "Eseysa" Nunesning vafot etganini ma'lum qildi.
"Bu klubimiz shu paytgacha e'lon qilgan eng og'ir xabardir. Chuqur qayg'u va cheksiz iztirob bilan butun hayoti oldinda bo'lgan, bugun esa bizni tushuntirib bo'lmas bo'shliq bilan qoldirgan yosh yigit bilan xayrlashmoqdamiz. O'yin paytida og'ir zarba olganidan so'ng, libosimizni g'urur bilan kiygan yigitning bevaqt o'limidan chuqur afsusdamiz.
Bugun futbol ikkinchi darajaga tushdi. Biz oilamizning bir qismi bo'lgan, orzu va intilishlarga to'la jamoadoshimiz bilan alam bilan vidolashmoqdamiz. 'Eseysa' nomidan ushbu og'ir damlarda uning oilasi, do'stlari, jamoadoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda izhor etamiz. Joying jannatda bo'lsin. Sen hamisha oilamizning bir bo'lagi bo'lib qolasan", - deyiladi klub bayonotida.
![]() | 23.11.2026 08:40 Ўқилди 1056 U-17 Jahon chempionati. Bugun o'smirlarimiz Yamaykaga qarshi bahs olib boradi |
![]() | 24.11.2026 00:40 Ўқилди 898 "Real" yiliga 15 mln evro maosh olayotgan Bellingemning maoshini sezilarli darajada oshiradi |
![]() | 25.11.2026 11:32 Ўқилди 826 Mbappe Ronaldoni ortda qoldirib, "Real" tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 19-o'ringa ko'tarildi |
![]() | 18.11.2026 08:08 Ўқилди 805 UEFA Millatlar ligasi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari aniqlandi |
![]() | 27.11.2026 08:08 Ўқилди 798 Messi va Ronaldu bir jamoada to'p tepishlari mumkin |
![]() | 19.11.2026 08:32 Ўқилди 714 Jurnalist Messining Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan ziddiyati sabablarini aytdi |
![]() | 20.11.2026 14:32 Ўқилди 693 MYU 2 ta yirik transferni amalga oshirishi mumkin |
![]() | 26.11.2026 12:32 Ўқилди 524 "Real" 2026/27 yilgi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi bo'lib yo'l oldi |
![]() | 19.11.2026 20:00 Ўқилди 459 Superliga. "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi |
![]() | 19.11.2026 00:48 Ўқилди 368 Ryudiger "aqldan ozgan" laqabi haqida: "Men masxaraboz emasman, lekin o'zimning ustimdan kula olaman. |
Реклама
Сайт хақида