
Qirg'izistonning "Vesti.kg" nashri xabar berishicha, "Top Yunayted" nomli sport dramedi janridagi serial 28 noyabr kuni "Etnomedia" onlayn platformasida namoyish etila boshlaydi.
Qirg'iz tilida suratga olingan serial "Qirg'izserial" davlat muassasasi, "1.1 Studio" studiyasi va mamlakat Kinematografiya departamenti hamkorligida yaratilgan.
Serial bosh qahramoni – sobiq sovet futbolchisi Jenish. Faoliyatini yakunlagach, ichkilikka ruju qo'ygan qahramon chet elga ketish arafasida turgan nabirasi bilan birga qolish uchun o'z futbol jamoasini boshqarayotgani haqida yolg'on gapiradi.
Biroq uning o'ylab topgan hikoyasi kutilmaganda haqiqatga aylanadi. Eski do'sti Jenishning oldiga ijtimoiy moslashuv dasturida qatnashayotgan besh nafar muammoli o'smirni olib keladi. Sobiq futbolchi ulardan jamoa shakllantirishi va shu orqali o'z hayotini ham izga solishi kerak bo'ladi.
Serial rejissyori Ilgiz Quvatbekning takidlashicha, loyihaning asosiy g'oyasi faqat futbol haqida hikoya qilish emas, balki insonning hayotda ikkinchi imkoniyatga ega bo'lishi mumkinligini ko'rsatishdir.
Suratga olish jarayonida professional aktyorlar bilan bir qatorda Qirg'iziston milliy terma jamoasining taniqli futbolchilari Mirlan Murzaev va Erjan Tokotaev ham ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, hujumchi Mirlan Murzaev 2022 yilda Namanganning "Navbahor" klubi sharafini himoya qilgan. Darvozabon Erjan Tokotaev esa 2025 yilgi mavsumda "Andijon" safida O'zbekiston Superligasi va Osiyo klub musobaqalarida ishtirok etgan.
"Top Yunayted" seriali rasmiy taqdimoti 28 noyabr kuni Bishkek shahrida o'tkaziladi. Taqdimot doirasida rep ijrochilari Estebez va Bapay tomonidan tayyorlangan musiqiy klip ham namoyish etilishi rejalashtirilgan.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13791 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8659 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4326 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3263 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2706 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2619 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1963 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
![]() | 16.11.2026 20:56 Ўқилди 1775 Argentinada 18 yoshli futbolchi uchrashuv paytida boshiga to'p tegishi oqibatida vafot etdi |
![]() | 16.11.2026 22:16 Ўқилди 1512 Millatlar ligasi. Qozog'iston oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi |
![]() | 16.11.2026 23:40 Ўқилди 1341 Qatardagi yig'inda Shomurodov, Ismoilov va Nemanov qatnashmayapti |
Реклама
Сайт хақида