
Eslatib o'tamiz, may oyi o'rtalarida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida gapirar ekan, hakamlarning xatti-harakatlari tufayli ettita chempionlik o'g'irlanganini ma'lum qilgan edi. Kataloniyaliklar Peresning so'zlari sabab sudga murojaat qilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.
Iyun oyida "ko'k-anorranglilar" Madrid klubi rahbari o'z so'zlaridan qaytishi uchun yarashtirish to'g'risida majburiy iltimosnoma kiritgan edi. Eshituv bugun bo'lib o'tadi.
"Yarashtirish to'g'risidagi iltimosnoma - bu davo arizasi kiritishdan oldingi dastlabki bosqich bo'lib, biz ulardan o'z bayonotlaridan voz kechishlariga erishishga harakat qilamiz. Agar kimdir nohaq bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lum bayonotlarni bersa yoki haddan tashqari keskin fikr bildirsa, yarashtiruv eshituvida unda vaziyatni to'g'rilash imkoniyati bo'ladi. Agar bu qilinmasa, demak, yomon niyat allaqachon yaqqol namoyon bo'lganini anglatadi va shunda biz sud jarayonini davom ettirishimizga to'g'ri keladi.
Bugun yarashtiruv eshituvida ular nima qilishini bilmayman, lekin Assambleyada ular faqat "Barsa" haqida gapirishganini ko'ryapman. Ular "Barsa" haqida gapirish kasaliga mubtalo bo'lishgan, men buni qatiy takidlayman. Oxir-oqibat biz ulardan pul talab qilamiz, chunki ular "Barsa" hisobidan o'z imijlarini reklama qilishmoqda. Ular faqat "Barsa" haqida gapirishni bilishadi, xolos. Menimcha, ular o'zlariga bir nazar solib qo'yishlari kerak.
Barcha klublar singari, biz ham har kuni yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga majburmiz, ular esa o'zlari haqida gapirishlari, o'zlari uchun qayg'urishlari va qolgan barchani tinch qo'yishlari lozim", - dedi Laporta.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13755 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8620 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4287 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3594 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3242 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2749 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2700 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2613 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2205 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1945 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида