
"Aftab News" xabar berishicha, transfer vositachilari O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev va iroqlik yarim himoyachi Bashar Resan ishtirokidagi almashinuvni amalga oshirish imkoniyatini o'rganmoqda.
Taklifga ko'ra, Sergeev "Persepolis"dan "Paxtakor"ga qaytishi, Resan esa Toshkent klubini tark etib, Eron jamoasi safiga qo'shilishi mumkin.
Qizig'i, har ikki futbolchi ham avval o'zlari qaytishi mumkin bo'lgan klublarda to'p tepgan. Sergeev "Paxtakor"ning sobiq hujumchisi hisoblansa, Resan bir necha mavsum davomida "Persepolis" sharafini himoya qilgan.
Manbaga ko'ra, ayni paytda agentlar ikki klub o'rtasida kelishuvga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqda.
Biroq klublar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yoki futbolchilar almashinuvi bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida ma'lumot yo'q.
"Paxtakor" rahbariyati so'nggi bir oy davomida Sergeevning transferi yuzasidan "Persepolis" mutasaddilari bilan muzokaralar o'tkazgan. Toshkent klubi futbolchini sotib olish uchun mablag' ajratishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev avgust oyida ham Sergeevni qaytarish uchun muzokaralar o'tkazilganini tasdiqlagan edi. Biroq o'shanda "Persepolis" hujumchini qo'yib yuborishni istamagan.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13740 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8602 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4266 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3570 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3236 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2740 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2691 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2604 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2163 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1936 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида