
Olmaliqda "Andijon" – "Lokomotiv", Toshkentda esa "Navbahor" – OKMK uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Tabiyiki, 2 ta o'yinda ham intriga yuqori va finalga chiqishga jamoalarda ishtiyoq katta. Mazkur bellashuvlar oldidan sobiq futbolchi Zohir Pirimovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yarim final bahsi bitta o'yindan iborat ekanligi sababli unda har qanday natija qayd etilishi mumkin. Biroq so'nggi turlardagi holatdan kelib chiqilsa, "Lokomotiv"ning imkoniyatlari biroz yuqoriroq. "Temiryo'lchilar" Superligada ancha barqaror o'yin namoyish etmoqda va hal qiluvchi, katta o'yinlarda boy tajribaga ega. "Andijon"ga kelsak, jamoa so'nggi bahslarda o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqara olmayapti. Ayni paytda andijonliklar ruhiy jihatdan ham yaxshi holatda emasdek ko'rinmoqda. Shu omillarni inobatga olganda, ushbu qarama-qarshilikda "Lokomotiv" finalga yo'l oladi.
Ushbu juftlikda jamoalarning imkoniyatlarini teng degan bo'lardim. Uchrashuv juda qiziqarli o'tishi shubhasiz. So'nggi bahslarga nazar tashlansa, jamoalar yarim finalga turli kayfiyat va holatda yetib keldi: "Navbahor" ketma-ket bir necha uchrashuvdan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, OKMK esa oxirgi ikki bahsda imkoniyatni boy berdi.
Biroq bu alohida musobaqa va hal qiluvchi bosqich bo'lgani sababli har ikki jamoa maydonda bor kuchini ishga solishi aniq. Qolaversa, katta tajribaga ega ikki mutaxassis to'qnash keladi - shu bois murabbiylar omili bellashuvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday darajadagi o'yinlarda ko'p narsani mayda detallar hal qiladi, shu sababli bahs oldidan yaqqol favoritni ajratib ko'rsatish qiyin", – deydi Zohir Pirimov.
Ma'lumot uchun, bugungi o'yinlar bir vaqtda – 18:15 da start oladi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13740 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8602 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4266 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3570 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3236 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2740 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2691 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2604 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2163 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1936 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида