
Elit Osiyo chempionlar ligasi. 5-tur
"Neftchi" – "Al Hilol" 0:2
Bosh hakam: Abdulloh Jamol (Kuvayt)
Yordamchi hakamlar: Saud Al-Shemali, Ali Jroq (ikkalasi Kuvayt)
Zaxira hakami: Ammor Ashkana (Kuvayt)
VAR: Abdulloh Arab (Kuvayt)
AVAR: Abdulloh Al-Kandari (Kuvayt)
Nazoratchi: Kvon Jong Chul (Janubiy Koreya)
Komissar: Nosir Al-Obaydli (BAA)
Gollar: 0:1 – 21, Olli Uotkins; 0:2 – 28, Gabriel Martinelli (Olli Uotkins)
"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 3. Mishel Augusto, 5. Ikromjon Aliboev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov, 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvarjon G'ofurov, 22. Alisher Odilov, 31. Yan Sasse, 34. Farrux Sayfiev, 88. Markus Forss.
Zaxira: 2. Izzatillo Po'latov, 8. Vladimir Yovovich, 9. Xurshid G'iyosov, 11. Asilbek Jumaev, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich, 32. Zoran Marushich, 45. Akbar To'raev, 52. Koffi Kouao, 71. Bilolxon Toshmirzaev, 77. Ratino.
"Al Hilol": 37. Yassin Bunu, 3. Kalidu Kulibali, 4. Yusuf Akchichek, 7. Gabriel Martinelli, 8. Ruben Nevesh, 11. Olli Uotkins, 19. Teo Ernandes, 22. Sergey Milinkovich-Savich, 28. Muhammad Kanno, 38. Krisensio Sammervill, 78. Ali Lajami.
Zaxira: 6. Nosir Al-Davsariy, 17. Muhammad Al-Yamiy, 18. Murod Al-Havsaviy, 24. Moteb Al-Harbi, 33. Muhammad Al-Ovays, 36. Saud Horun, 72. Sabri Dahal, 75. Muhammad Meyte, 77. Navof Al-Habashi, 87. Hassan Al-Tambakti, 88. Hamad Al-Yamiy, 93. Abdulloh Al-Anaziy.
⏸️ Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.
45' Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
43' Yusuf Akchichek libosi yirtilgani sababli uni boshqasiga almashtirdi.
40' Alisher Odilovning yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
⚠️ 38' Xavfli vaziyat! Olli Uotkins tomonidan yo'llangan zarbani Botirali Ergashev ajoyib seyv bilan qaytardi.
⚠️ 35' Xavfli vaziyat! Gabriel Martinelli darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, kuchli zarba yo'lladi – to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.
33' Gabriel Martinellining yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib, darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⚽️ 28' GOL! Olli Uotkins havodagi to'p uchun kurashda Mishel Augustodan ustun kelib, Gabriel Martinellini to'p bilan taminladi. Martinelli esa birga-bir vaziyatda aniq zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi.
28' Muhammad Kannoning yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⚠️ 24' Xavfli vaziyat! "Al Hilol" jarima maydoni ichida yo'llangan ketma-ket zarbalarni Yassin Bunu ketma-ket seyvlar bilan qaytardi.
⚽️ 21' GOL! Ibrohimhalil Yo'ldoshev darvozabonga to'p oshirishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni egallab olgan Olli Uotkins Botirali Ergashevni aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi.
14' Markus Forssning pastlatib uzoq burchakka yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⚠️ 11' Xavfli vaziyat! Markus Forssning bergan zarbasini Yassin Bunu qiyinchilik bilan qaytardi. Biroq hakam ushbu vaziyatda hujumda qoida buzilganini qayd etdi.
⚠️ 8' Xavfli vaziyat! "Al Hilol" tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi ketma-ket ikkita xavfli zarba bilan yakunlandi, biroq to'p darvozadan joy olmadi.
⚠️ 6' Xavfli vaziyat! Teo Ernandes Gabriel Martinellini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, ammo Botirali Ergashev o'z vaqtida to'pga chiqib, uni egallab oldi.
⚽️ 1' Uchrashuv boshlandi! To'pni o'yinga "Al Hilol" futbolchilari kiritib berishdi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Neftchi" sariq-qora, "Al Hilol" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13692 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8557 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4215 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3492 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2722 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2670 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2115 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1921 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида