
Xitoyning "Titan Sports" nashri e'lon qilgan ro'yxatdan jami 30 nafar futbolchi joy olgan. Ular orasida "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov, "Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev ham bor.
Shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" klubi hujumchisi Ayman Hussayn ham mazkur mukofotga nomzodlar qatoridan o'rin olgan. U ro'yxatda Iroq milliy terma jamoasi vakili sifatida qayd etilgan.
Nomzodlar orasida Janubiy Koreyaning taniqli futbolchilari Son Xyon Min, Li Kan In va Kim Min Je, yaponiyalik Daichi Kamada, Ayase Ueda, eronlik Mehdi Toremi, saudiyalik Salim Al Dovsariy hamda qatarlik Akrom Afif kabi futbolchilar ham bor.
Bu yilgi ro'yxatda Yaponiya eng ko'p – 6 nafar futbolchi bilan ishtirok etmoqda. Janubiy Koreya va Avstraliyadan 4 nafardan, O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Erondan esa 3 nafardan futbolchi nomzod sifatida ko'rsatilgan.
Ma'lumot uchun, "Asian Golden Player" mukofoti 2013 yilda Xitoyning "Titan Sports" nashri tomonidan tasis etilgan. 2026 yildan boshlab mukofot Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi (AIPS) va uning Osiyo bo'limi (AIPS Asia) bilan hamkorlikda topshiriladi.
Mazkur sovrin Osiyo futbol konfederatsiyasining yillik taqdirlash marosimida beriladigan "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" mukofotidan alohida hisoblanadi.
Ovoz berishda futbolchilarning 2025 yil 1 sentyabrdan 2026 yil 31 avgustgacha bo'lgan davrdagi o'yinlari, klubi va milliy terma jamoadagi natijalari, shuningdek, sportchilik fazilatlari inobatga olinadi.
Ovoz berish huquqiga ega jurnalistlar 30 nafar nomzoddan uchtasini tanlaydi. Birinchi o'ringa 5, ikkinchi o'ringa 3 va uchinchi o'ringa 1 ochko beriladi. Ovoz berish 30 noyabr kuni yakunlanadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu mukofotni eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchi Son Xyon Min hisoblanadi. Janubiy koreyalik hujumchi 2025 yilda o'ninchi marta g'olib bo'lgan.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13689 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8557 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4215 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3489 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2722 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2670 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2112 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1918 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида