
Futbolchilarning taxminiy bozor qiymatiga e'tibor qaratilsa, ikki jamoa o'rtasida katta tafovut borligini ko'rish mumkin.
Xususan, Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi boshlang'ich tarkibidan joy olgan 11 nafar futbolchining umumiy bozor qiymati 195 million 50 ming evroni tashkil etadi.
Farg'onaning "Neftchi" klubida esa bu ko'rsatkich 8 million 325 ming evroga teng.
Shu tariqa, "Al Hilol"ning boshlang'ich tarkibi "Neftchi"nikidan taxminan 23,4 barobar qimmat baholanmoqda. Ikki jamoa o'rtasidagi farq 186 million 725 ming evroga teng.
"Al Hilol" tarkibida eng qimmat futbolchilar Gabriel Martinelli va Krisensio Sammervill hisoblanadi. Ularning har biri 45 million evroga baholangan. Yani saudiyaliklarning bir nafar futbolchisi ham "Neftchi"ning butun boshlang'ich tarkibidan besh barobardan ko'proq qimmat.
Shuningdek, Ruben Nevesh va Oli Uotkinsning bozor qiymati 25 million evrodan, Teo Ernandesniki 20 million evro, Yusuf Akchichekniki esa 14 million evroni tashkil etadi.
"Neftchi" safida eng qimmat futbolchi Markus Forss bo'lib, uning bozor qiymati 1,5 million evroga teng. Undan keyin Yan Sasse (1,4 million evro) va Jamshid Iskanderov (1 million evro) joylashgan.
Qizig'i, "Al Hilol"ning faqat ikki futbolchisi – Martinelli va Sammervillning umumiy bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi. Bu "Neftchi"ning butun boshlang'ich tarkibidan qariyb 11 barobar ko'p.
Eslatib o'tamiz, mazkur raqamlar futbolchilarning taxminiy bozor baholari yig'indisi bo'lib, ular uchun to'langan transfer mablag'lari yoki maoshlarini anglatmaydi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13689 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8557 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4215 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3489 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2722 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2670 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2112 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1918 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида