
"Jamaica Observer" nashrining xabar berishicha, mutaxassis Italiyadan qabul qilib olingan yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarining O'zbekistonga qarshi bahsda yaxshiroq o'yin ko'rsatishiga ishonmoqda.
Yamayka terma jamoasi dastlabki turda amaldagi Yevropa chempioni Italiyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu uchrashuvda italiyaliklar raqib darvozasi tomon 33 marta zarba yo'llagan, Yamayka darvozaboni Omario Uayt esa 11 ta seyv amalga oshirgan.
"Eng muhimi – o'yinning mayda tafsilotlariga ham e'tibor qaratish va diqqatni jamlash. Himoyadagi xatolarimiz sabab o'yin boshida ikkita gol o'tkazib yubordik va keyin vaziyatni o'nglay olmadik. O'zimiz esa ikkita yaqqol golli vaziyat va yana bir nechta imkoniyat yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Menimcha, bu natijaga jiddiy ta’sir ko'rsatdi", – dedi Daunsvell.
Murabbiyning takidlashicha, jamoa Italiyaga qarshi bahsda yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilib, O'zbekiston bilan uchrashuvga yaxshiroq tayyorlanmoqda.
"Biz Yevropa chempioniga qarshi o'ynadik. Ular juda tartibli va musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. Ammo bu o'yindan kerakli saboqlarni oldik. Uchrashuv videosini ko'rib chiqib, xatolarimizni tahlil qilamiz va keyingi bahsda ijobiyroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", – dedi mutaxassis.
Daunsvell "Jamaica Gleaner" nashriga bergan intervyusida O'zbekiston terma jamoasiga ham baho berdi.
"O'zbekiston sifatli jamoa. Ularning Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinini kuzatdik. Murabbiylar shtabimiz taktik yondashuvimizga zarur o'zgartirishlar kiritmoqda. Uch ochkoni qo'lga kirita olishimizga ishonamiz", – dedi yamaykalik murabbiy.
E'tiborlisi, Yamayka U-17 terma jamoasi o'z tarixida hali jahon chempionatlarida g'alaba qozonmagan. Jamoa 1999 va 2011 yillardagi musobaqalarda ham ishtirok etgan, biroq biror marta uch ochkoni qo'lga kirita olmagan.
O'zbekiston esa avvalgi sakkizta jahon chempionatining beshtasida ishtirok etib, har safar guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi dastlabki turda Kot-d'Ivuarga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Shu bois Yamaykaga qarshi bahs har ikki jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati uchun muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston – Yamayka uchrashuvi bugun, 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
![]() | 17.11.2026 00:48 Ўқилди 13683 Shartnomadagi band Joau Feliksning "Barselona" va "Chelsi"ga o'tishini qiyinlashtirmoqda |
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8554 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4209 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 16.11.2026 18:56 Ўқилди 3486 Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi" |
![]() | 16.11.2026 21:24 Ўқилди 3218 Pochettino MYUda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo'lishi mumkin |
![]() | 16.11.2026 19:48 Ўқилди 2722 Vinisius JCH-2026dagi omadsizlikdan keyin Braziliya terma jamoasiga bo'layotgan tanqidlarga javob berdi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2667 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 00:00 Ўқилди 2586 Germaniya - Niderlandiya. Tarkiblar ma'lum |
![]() | 16.11.2026 00:24 Ўқилди 2109 Fransiya - Turkiya: Millatlar Ligasi 6-tur uchrashuvi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari |
![]() | 16.11.2026 22:48 Ўқилди 1918 O'zbekiston terma jamoasining Qatardagi mashg'ulotidan FOTOGALEREYA |
Реклама
Сайт хақида